Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Qöşma Ştatlarga safar qiladi. Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabarida aytilişiça, Erdöğan u yerda BMT Boş assambleyasining yiğilişida qatnaşadi.
«Bizning hurmatli prezidentimiz BMT Boş assambleyasi yiğilişida iştirok etiş uçun 23-27 sentabr kunlari AQŞga borişni rejalaştirmoqda», - deyiladi xabarda.
AQŞga qilgan taşrifidan söng, Turkiya prezidenti Germaniyaga jönab ketadi, u yerda taşrif 29 sentabrga qadar davom etadi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Turkiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar 2016 yilda Turkiya rasmiylari tomonidan qölga olingan amerikalik pastor Endryu Branson işi tufayli jiddiy keskinlaşdi. AQŞ Moliya vazirligi Turkiya IIV rahbari Sulaymon Söylu va Adliya vazirligi rahbari Abdulhamid Gulni «inson huquqlarining jiddiy buzilişi»da aybladi va ularga qarşi sanksiyalar qölladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan Idlibga hujum qanday xatarlar keltirib çiqarişini aytgandi.

















