Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Suriyaning Idlibiga hujum qiliş Turkiyaga gumanitar xatarlar tahdidini keltirib çiqaradi. Erdöğanning sözlari Reuters tomonidan keltirilgan.

Şuningdek, Turkiya yetakçisining ta'kidlaşiça, Idlibga hujum mintaqadagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyatga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Şu bilan birga, Erdöğan xalqaro hamjamiyatni Suriya muxolifatining oxirgi markazi bölgan Idlib böyiça çoralar körişga çaqirdi. Prezidentning qayd etişiça, aks holda «butun dunyo narx tölaşga majbur böladi».

Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan Rossiya va Eronga çaqiriq bilan çiqqandi.

Erdöğan Tehrondagi uç tomonlama muzokaralar çoğida ma'lum qilişiça, Suriyaning Idlib viloyatini uşbu davlat prezidenti Başar Asadga «şunçaki» topşirib qöyiş kerak emas, Anqara bu viloyat «qonli kölga» aylanişini xohlamaydi.