Xotin-qizlar o‘z muammolari bo‘yicha 1146 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin
Xotin-qizlarga har tomonlama ijtimoiy yordam berish, muammolarini hal qilish maqsadida Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 1146 ishonch telefonlari tashkil etildi. Murojaat qilganlarning qo‘ng‘iroqlari maxfiy saqlanishi kafolatlanadi. Bu haqida Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva Shanxay ayollar federatsiyasi bilan imzolanadigan memorandum marosimida jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Xotin-qizlar muammolari bilan shug‘ullanishda tizimli ishlarni amalga oshiryapmiz. Mentalitetimizga ko‘ra, ayollar o‘zlarini qiynayotgan holat yuzasidan biror tashkilotga murojaat qilishga iymanishadi. Buni anglagan holda, viloyat, shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitalari vakillariga uyma-uy yurib, haqiqiy vaziyatni o‘rganish bo‘yicha vazifa yukladik. Bu borada yanada samarali ishlarni amalga oshirish maqsadida shu yil oxirigacha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etiladi va barcha viloyatlarda shunday nuqtalar faoliyat olib boradi. Tumanlarda ham bosqichma-bosqich 2019 yilning birinchi choragida bu markazlar barpo etiladi. Yana bir yangilikni aytib o‘tmoqchiman: keyingi yillarda xotin-qizlarni bepul kasbga o‘rgatuvchi markazlarni tashkil etamiz. Hozirgi paytgacha respublika bo‘yicha 131 ta ijtimoiy moslashuvchanlik markazlari ishlayapti», deya Norboyevaning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz».
2018 yilning birinchi yarim yilligida 131 ming nafar ayol ish bilan ta'minlandi. Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan mahallalarda mingdan ortiq kichik sexlar tashkil etildi.
Mavzuga oid
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:33 / 25.10.2024
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi
15:55 / 24.10.2024