Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston AQSh bilan kelishuvni qayta ko‘rib chiqadi
Afg‘oniston parlamenti mamlakatda ro‘y bergan oxirgi zo‘ravonlik holatlaridan keyin AQSh bilan xavfsizlik borasidagi kelishuvni qayta ko‘rib chiqish uchun ovoz berdi. Bu haqda 1TV xabar bermoqda.
Telekanal xabariga ko‘ra, bu kelishuv AQSh harbiylari mamlakatda 2014 yildan keyin ham qolishini kafolatlardi. Bu kelishuv AQShga Afg‘onistonda bazasini qoldirishga ham imkon berardi.
Pajvak agentligining oxirgi xabariga ko‘ra, 11 sentabr kuni Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyati hududidagi namoyish vaqtida sodir etilgan terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 68 nafarni tashkil qilmoqda, shuningdek, 165 kishi jarohatlangan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Afg‘oniston parlamenti quyi palatasi vakili bu kelishuv samarali emasligini aytgan. U parlamentning xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha komissiyasiga murojaat qilib, bu kelishuvni qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan.
AQSh 2001 yili Afg‘onistonda aksilterror harbiy kampaniya boshlagandi. Keyinroq mamlakatga NATO kuchlari ham kiritildi. AQSh va NATO kuchlaridan iborat koalitsiya «Tolibon» harakati hamda «Al-Qoida» ta'siridagi kuchlarga qarshi kurash olib bordi.
2014 yili NATO harbiy kontingenti Afg‘onistondan chiqarildi, 2015 yilning 1 yanvaridan esa harbiy amaliyotlar to‘xtatilib, «Qat'iy qo‘llov» missiyasiga almashtirildi.
Mavzuga oid
10:50
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026