Haydovchi YPX xodimiga pora berayotganida qo‘lga olindi
2018 yil 9 sentabr kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani “Yangi diyor” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-110 avtomobil yo‘lida o‘tkazilgan tadbir davomida, “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatildi. Haydovchidan tegishli hujjatlarni taqdim etishi so‘ralganida, u o‘zini Denov tumani “Lochin” mahallasida yashovchi fuqaro N.A. deb tanishtirib, avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hamda avtomashinaga tegishli biron bir hujjatni taqdim etolmaganligi sababli, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shundan keyin, haydovchi N.A. ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmasligi hamda avtomashinasini jarima maydonidan shu kuni chiqarib berishi evaziga 100 000 (yuz ming) so‘m pulni pora sifatida berishini taklif etgan.
Shu kuni soat 16:40larda Muzrabot tumani “Muzrabot Darvoza” mahallasi hududida Angor tuman prokuraturasi, viloyat IIB O‘z xavfsizligi bo‘limi hamda Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.A. Ichki ishlar xodimi P.X.ga 96 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ushlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Angor tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:35 / 03.10.2024