O‘zbekiston | 07:41 / 12.09.2018
5353
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo taraqqiyot banki “O‘zbekneftgaz”ga ko‘mak ko‘rsatishi mumkin

Joriy yilning 10 sentabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJning bosh ofisida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekneftgaz AJda korporativ o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida OTB tomonidan texnik yordam ko‘rsatilish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Kun.uz’ga “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Caption

Mazkur yordamning bir qismi sifatida OTB tomonidan maslahatchilarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Ular yetakchi neft va gaz kompaniyalari bilan zarur tadqiqotlar va taqqoslash ishlari olib boradilar, va so‘ngra hisobot va tavsiyalar beradilar. 

Uchrashuvda OTBning “O‘zbekiston Respublikasining gazni uzatish tizimini texnik qayta jihozlash, modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi”ni moliyalashtirishdagi ishtiroki muhokama qilindi. 

Caption

Ushbu Dastur bo‘yicha OTB vakillari Dasturning asosiy texnik parametrlari, rejalashtirilgan tadbirlar va amalga oshirish muddatlarini  o‘z ichiga olgan taqdimot materiallari bilan ta'minlandilar. 

OTB vakillarining gaz transport tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishiga sabab, loyihaning amalga oshirilishi Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish imkonini beradi, bu esa OTB siyosatida aks etgan.   

Caption

Uchrashuv davomida loyihani moliyalashtirishdagi dastlabki shartlar e'lon qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 aprelida ushbu loyiha bo‘yicha zarur ma'lumotlarni almashish maqsadida tomonlar “Maxfiylik to‘g‘risidagi bitim”ni imzolagan edilar. 

Mavzuga oid