Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Meyga iste'fo tahdid solmoqda
Britaniya parlamentidagi konservatorlar bosh vazir Tereza Meyni iste'foga chiqarishmoqchi. Bi-bi-si agentligi xabariga ko‘ra, 50 nafarga yaqin deputat uning Yevropa Ittifoqi bilan kelishuv borasidagi taklifidan g‘azablanishgan.
Hukumat rahbari 2019 yil martida yakunlanadigan Breksit jarayonidan keyin ham YeI bilan erkin savdo hududida qolish bo‘yicha taklif bildirgandi.
Konservatorlar partiyasi a'zolari, aksilevropa qarashlarga ega bo‘lgan deputatlar 11 sentabr kuni o‘zaro uchrashishgan va Mey xonimning rejalarini muhokama qilishgan. Konservatorlar bosh vazirning rejasini halokatli deb atashgan.
Qayd etilishicha, bosh vazirning iste'foga chiqishi uchun 15 foiz parlamentariy (48 kishi) ishonchsizlik votumi bildirishi kerak bo‘ladi. Agentlik manbasi so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda bu masala muvofiqlashtirilmoqda hamda shu haftalarda kun tartibiga olib chiqiladi.
Mavzuga oid
21:48 / 28.01.2026
Ravshan Mamatov Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi
15:09 / 27.01.2026
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari ishdan olindi
17:00 / 06.10.2025
Fransiyada siyosiy inqiroz: yangi hukumat 14 soatda iste’foga chiqdi
23:42 / 04.08.2025