TIVda «Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi» bosh kotibi bilan muzokaralar o‘tkazildi
2018 yilning 10 sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida «Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi» (NXQ) xalqaro nohukumat tashkiloti bosh kotibi Bern Engesland bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TIV axborot xizmatiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va NXQ o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bern Engesland Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi nomidan qonun ustuvorligini ta'minlash, inson huquqlariga rioya qilish va demokratik institutlarni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston rahbariyati tomonidan so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi va o‘zgarishlarni qo‘llab quvvatlash, demokratik qadriyatlar va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashishga tayyorligini izhor etdi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi
12:37 / 21.06.2022
Xitoy elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi
12:43 / 04.05.2022