Jahon | 09:09 / 13.09.2018
24153
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Alyaska yaqinida Rossiya bombardimonchilarini tutib oldi

Foto: AQSh harbiy-havo kuchlari

Amerikalik harbiylarning ma'lum qilishicha, 11 sentabr kuni Alyaska yaqinida harbiy-havo kuchlarining F-22 samolyotlari tomonidan Rossiyaga qarashli ikkita bombardimonchi tutib olingan. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Rossiya samolyotlari AQSh yoki Kanada havo hududiga kirmagan.

Avvalroq, Shimoliy Amerika Aerokosmik mudofaasi birlashgan qo‘mondonligi vakili Maykl Kucharek AQSh harbiy-havo kuchlarining F-22 qiruvchilari bir yilning o‘zida ikkinchi marta Rossiyaga tegishli Tu-95 bombardimonchilarini tutib olish uchun parvoz qilgani haqida xabar bergandi.

Aniqlik kiritilishicha, tutib olish 1 sentabr kuni Aleut orollari yaqinida yuz bergan.

Mavzuga oid