O‘zbekiston | 07:50 / 13.09.2018
7171
2 daqiqa o‘qiladi

Honeywell UOP O‘zbekistonda tabiiy gazdan olefinlarni ishlab chiqarishi mumkin

Joriy yilning 11 - 12 sentabr kunlari “O‘zbekneftgaz” AJ bosh ofisida AQShning Honeywell UOP kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar hamkorlikni rivojlashtirish istiqbollari masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda Kun.uz’ga “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekneftgaz

 
Shu yilning 16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Amerika Qo‘shma Shtatlariga davlat tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Honeywell UOP kompaniyasi bilan Anglashuv Memorandumini imzolagan edi. Unda MTO texnologiyasidan foydalangan holda tabiiy gazdan olefinlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha doirasida qo‘shma faoliyatni tashkil qilish ko‘zda tutilgan. 

Foto: O‘zbekneftgaz

Honeywell UOP kompaniyasi Xitoyda Wison muhandislik kompaniyasi bilan bir nechta MTO loyihalarini amalga oshirgan. 

Wison Engineering Ltd kompaniyasi beshta MTO uskunasini muvaffaqiyatli ishga tushirgan. 2019 yilning birinchi choragigacha uchta MTO uskunasi ekspluatatsiyaga topshirilgan va qolgan uchtasi qurilish bosqichida. 

Muzokaralar doirasida Xitoyda MTO texnologiyasi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lgan Wison Engineering Ltd kompaniyasining taqdimoti o‘tkazildi. 

Xorijiy mehmonlarning aytishicha, Honeywell UOP kompaniyasi va Wison Engineering Ltd o‘n yildan ziyod vaqt mobaynida Xitoyda MTO loyihalari bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqdalar. 

Muzokaralar yakunida Wison Engineering Ltd kompaniyasi Honeywell UOP kompaniyasiga olefinlar va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish MTO loyihasi bo‘yicha texnik va tijorat hisobotni ishlab chiqishda yordam berishiga kelishib olindi. 

Foto: O‘zbekneftgaz

Mavzuga oid