Jahon | 08:47 / 13.09.2018
11022
2 daqiqa o‘qiladi

Kosmik kemadagi yoriq mojarosi. Boyqo‘ng‘irdagi kemalar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Boyqo‘ng‘irdagi «Energiya» RKK mutaxassislari Boyqo‘ng‘irda saqlanayotgan «Soyuz MS-10» va «Progress MS-11» kosmik kemalari korpusida yoriqlarni qidirish ishlariga kirishdi. Bu haqda RIA «Novosti» raketa-kosmik sohadagi manbaga asosan xabar bermoqda.

«Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga chorshanba kuni «Energiya» Raketa-kosmik korporatsiyasi va «Energiya» RKK Tajribaviy mashinasozlik zavodining katta mutaxassislar guruhi yetib keldi. Ular «Soyuz MS-10» transport pilotli kemasi ustida ish boshladi. Kemaning raskonvervatsiyasi va uning tizimlarini tekshirishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Yaqin kunlardan birida kema unda yoriqlar bor yoki yo‘qligi masalasi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi», - deya aytib o‘tgan manba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro kosmik stansiyaga yo‘l olgan «Soyuz MS-09» kosmik kemasida kichik yoriq paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, yoriq kema Yerda bo‘lgan paytida atayin hosil qilingan.

Roskosmos rahbari Dmitriy Rogozinning ma'lum qilishicha, «Soyuz MS-09» kosmik kemasida yoriqning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyat ancha tushunarsiz bo‘lib, u Xalqaro kosmik stansiyada ham kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid