Fransiya fuqarosi Boyqönğir kosmodromi yaqinidagi daştda «suvsizlanişdan» vafot etdi, deb xabar berdi Rossiya davlat matbuoti 11 iyun, seşanba kuni.
RIA «Novosti» manbasiga köra, ikki fransuz kosmodrom hududiga kirişga uringan, biroq daştda ulardan birining ahvoli yomonlaşgan. Uning şerigi döstiga yordam bera olmagan va eng yaqin yölga qarab yugurgan, lekin u yerga yetib borib, yordam söraguniça, birinçisi vafot etgan.
Şu bilan birga, TASS huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, fransuzlar kosmodromga kirib olişni rejalaştirmagani, balki daştda suratga oliş bilan şuğullanganini da’vo qilmoqda. «Ular daştdagi binolarni suratga olişayotgan edi, biroq ulardan birining ahvoli yomonlaşdi, ikkinçi sayyoh esa nazorat-ötkaziş punktiga yordam söraş uçun borgan, biroq yordam vaqtida yetib kelmagan», — dedi agentlik suhbatdoşi.
Baza Telegram-kanali Fransiya fuqarolarining şaxsini oçiqladi - 27 yoşli Nikolas Karbon va ahvoli yomonlaşib, keyinroq vafot etgan 25 yoşli Anjyelo Alebeta. Xabar qilinişiça, hududda havo harorati +30 darajadan oşib ketgan, daştda soyali joyni topişning iloji bölmagan.
Boyqönğir kosmodromi Qozoğistonda joylaşgan, ammo Rossiya Federatsiyasi kosmik faoliyat uçun zarur bölgan barça hududni ijaraga oladi. U taşrif buyuriş uçun maxsus ruxsat talab qilinadigan rejimli obekt. Fransiya rasmiylari hozirça voqea yuzasidan izoh bermagan.

















