Qozoğiston Boyqönğir kosmodromidan foydalanganlik uçun Rossiyadan oladigan ijara haqini indeksatsiya qilişni rejalaştirmayapti. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi Aerokosmik qömitasining Axborot xavfsizligi qömitasi raisi Ruslan Abdikalikov ma’lum qildi.
Abdikalikovning sözlariga köra, Rossiya uçun Boyqönğirdan foydalaniş ijara haqi avvalgidek qoladi.
«Birinçidan, uni biror narsa bilan soliştiriş juda qiyin. Bir davlat boşqasidan kosmodromni ijaraga olganida, bu noyob pretsedent hisoblanadi. Narx qançalik adolatli ekanligini aytiş uçun uni soliştirişga heç narsa yöq. Ikkinçidan, şartnomada narx dollarda körsatilgan, şuning uçun tölovlar milliy valutada amalga oşirilsa, u holda joriy kursga teng böladi. Bu ham öziga xos indeksatsiyadir», — deya Abdikalikovning sözlaridan iqtibos keltirgan Zakon.kz.
Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi Aerokosmik qömitasi vakilining ta’kidlaşiça, kelişuv 1994 yilda, dollar kursi butunlay boşqaça bölgan paytda tuzilgan. Hozirda gap boşqa pul miqdori haqida ketyapti va bu ma’lum darajada indeksatsiya zaruratini qoplaydi. Şuning uçun, deya xulosa qildi Ruslan Abdikalikov, Qozoğiston Boyqönğir uçun ijara miqdorini qayta körib çiqişni rejalaştirmayapti.
Avvalroq Boyqönğir kosmodromidagi «Bayterek» kosmik raketa majmuasining parvoz sinovlari boşlanişi 2025 yilga köçirilişi ma’lum bölgan edi.

















