Jamiyat | 13:13 / 13.09.2018
11433
1 daqiqa o‘qiladi

Narkologiya dispanserida kaltaklangan bemor kasalxonaga yotqizildi

Illyustrativ foto

2018 yilning 9 sentabr kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi J.A. tan jarohati bilan RShTYoIMning Jizzax viloyat filialiga yotqizilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu yil 24 avgust kuni J.A. viloyat Narkologiya dispanserida davolanayotgan vaqtida shu Narkologiya dispanseri sanitari J.J. uning bosh va yuz qismlariga qo‘li bilan urib, jarohat yetkazganligi aniqlangan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida J.J. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid