Light | 11:39 / 13.09.2018
16200
4 daqiqa o‘qiladi

Tarix izidan: dunyo amfiteatrlari

Foto: Wikipedia

Ikki ming yil muqaddam Rim madaniyati katta hudud bo‘ylab yoyilgan. Imperiya qo‘lgan kiritgan yer-mulklari, qonunchiligi va ommaviy ko‘ngilochar mashg‘ulotlari bilan dong taratdi. Rim tomonidan zabt etilgan ko‘pgina shaharlarda ulkan amfiteatrlar barpo etilgan. Rimliklarning shafqatsiz va qonli tomoshalarga moyilligini bilganimiz sabab bunday inshootlar nimaga mo‘ljallanganini payqash mushkul emas.

Amfiteatrlar qoldiqlari

Toshdan ishlangan ochiq qurilmalar hayrat uyg‘otadi va hayajonga soladi. Bu yerda teatr tomoshalari, gladiatorlar janglari o‘tkazilgan. Arxitektura yodgorligining katta qismi vaqt “qurboniga aylangan”, biroq ayrim qismlari yaxshi saqlangan.

Ba'zi arenalardan hozir ham jamoat tadbirlarini o‘tkazishda foydalaniladi. Sayyohlar turli mamlakatlardagi tarixiy o‘tmishga o‘z qo‘llari bilan tegib ko‘rish imkoniyatiga egalar. Ulkan inshootlar sinchkovlik bilan himoya qilinmoqda va jahon merosini qadrlaydigan arxitektorlar tomonidan qayta tiklanmoqda.

Italiya

Foto: Wikipedia

Kolizey lotin tilidan tarjima qilinsa, “ulkan” degan ma'noni anglatadi. Bunday ta'rif katta maqsadlarga ega bo‘lgan Rim davrini a'lo darajada izohlaydi. Qadimiy imperiya arxitektura ijodkorligining yetuk namunasi Rimdagi Kolizeydir. Uni yana barcha tabaqalar uchun inshoot qurishga qaror qilgan Tit Flaviy Vespasian nomi bilan ham atashadi.

Foto: Wikipedia

Diametri 500 metrdan ortiq va devorlari 50 metrdan baland bo‘lgan arenani qurish uchun jami 8 yil ketgan. Axir kompleks eramizdan avvalgi 72-64-yillarda qo‘lda barpo etilgan.

Rim imperiyasi qulaganidan keyin Kolizey o‘zining ilk vazifasini yo‘qotdi. Bino XV asrdagi zilzila vaqtida xarobaga aylandi. Biroq bugun ham u Rimning asosiy ramzlaridan biri.

Di-Verona arenasi

Foto: Wikipedia

Romantik Verona shahri markazida I asrga tegishli bo‘lgan inshoot bor. Imperator Avgust buyrug‘iga binoan, arxitektorlar oq va pushtirang ohakdan foydalanishgan. Bu esa inshootga joziba va nazokat bergan.

Ellips shaklidagi arena uzunligi 140x100 bo‘lib, 45 qavatdan iborat. Amfiteatr 30 ming kishini sig‘dira olgan.

Foto: Wikipedia

Rim davrida gladiatorlar jangiga mo‘ljallangan arenada Uyg‘onish davriga kelib, teatr premeralari namoyish etildi.

Restavratsiya qilingani sabab, bugungi kunda Di-Verona arenasida musiqali postanovkalar namoyish etiladi.

Xorvatiya. Pula

Foto: Wikipedia

Pula shahrida I asrda Kolizeyning kichraytirilgan varianti qurildi. O‘ttiz uch metrga yetgan devorlar qirg‘oq bo‘yiga qadar cho‘zilgan. Inshoot turli tomonlardan ikki va uch qavatli arkalarga ega.

Uzoq vaqt davomida binolar xarobaga aylantirilib, toshlar tashib ketildi. Biroq masalani o‘z vaqtida anglagan tarixchilar buyuk davr yodgorligini qayta tiklashga chaqirdilar.

Foto: Wikipedia

Ulkan kompleks ziyoratlar uchun ochiq: yuqori qavatlar va yer osti inshootiga zarar yetmagan. Ekstremallar uchun suvni yetkazish joylarini ko‘rish mumkin bo‘lgan ekskursiyalar taklif etiladi.

Fransiya. Arle

Foto: Wikipedia

Hozirgi Fransiya hududida I asrda qurilgan arena Rim imperiyasi qulaguniga qadar saqlanib turdi. Konstruktsiya jami 120 ta arkadan iborat. Inshoot  136x109 metrli oval shaklida. Amfiteatr bir vaqtning o‘zida 25 mingtagacha tomoshabinni sig‘dirgan.

Foto: Wikipedia

Zamonaviy Arle uchun bu – eng mashhur joy. Ichkarida opera, teatr namoyishlari, bayramlar o‘tkazilib, yorqin namoyishlar tashkil etiladi.

Mavzuga oid