Dunyoning 2019 yildagi eng köp taşrif buyurilgan diqqatga sazovor joylari ma'lum qilindi. Uşbu joylar ularga boriş uçun bronlangan çiptalarni tahlil qiliş yordamida aniqlangan, deb xabar berdi Trip Advisor sayti.
Qatorasiga ikkinçi yil röyxatga Rimdagi Kolizey amfiteatri yetakçilik qilmoqda. Gladiatorlik janglari uyuştirilgan uşbu qadimiy me'moriy yodgorlikka taşrif buriş Rimga sayohat dasturlarining asosiy bandi hisoblanadi.
2-örinni Parijdagi Luvr muzeyi egalladi. Uşbu muzeyda Leonardo da Vinçining “Mona Liza” va turli davrlarga mansub boşqa maşhur suratlar saqlanadi.
Maşhurlik böyiça 3-örinni Vatikan muzeyi egalladi. Bu yerda sayyohlar nafaqat san'at asarlari bilan tanişişlari, balki Rim papasini körişlari mumkin böladi.
Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali 4-örinni, Parijdagi Eyfel minorasi esa 5-örinni egallagan. Yetakçi öntalikka, şuningdek, Barselonadagi Muqaddas oila çerkovi, Yangi Orleandagi (AQŞ) fransuz kvartali, Amsterdamdagi Anna Frank uyi, Çikagoda joylaşgan va ğarbiy yarimşarning eng baland binosi hisoblangan Willis Tower’dagi Skydeck Chicago tomoşa maydonçasi va Venetsiyadagi San-Marko maydoni kiritilgan.








