Toşkent viloyatiga mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qiliş  hamda maşhur asarlarni sahnalaştiriş maqsadida Ohangaron şahar markazidan ötgan Toşkent-Ohangaron-Angren-Öş (A-373A) avtomagistrali yönalişi yöl böyida 65 sotix maydonni egallagan amfiteatr oçildi. Amfiteatrning oçiliş marosimi tantanali ravişda Xitoy, Koreya va Rossiyadan taşrif buyurgan mehmonlar iştirokida ötkazildi.

 Amfiteatr uç qavatli bölib, 1200 öringa möljallangan. Amfiteatrning birinçi qavatida supermarketlar (zargarlik, hunarmandçilik buyumlari) va umumiy ovqatlaniş majmuasi, ikkinçi qavatida banketlar ötkazişga möljallangan zal, uçinçi qavatida esa VIP-zal joylaşgan.

Bundan taşqari, 100 örinli kinozal, içki va taşqi sayyohlar uçun hunarmandlar tomonidan tayyorlangan milliy mahsulotlar körgazmazi va savdolari taşkil etiladi.

Izoh: Amfiteatr (yunonça amphitheatron – “atrofida” “teatr” , “ikki tomonlama tomoşa”) – qadimiy Yunoniston va Rimda ommaviy tomoşalar, teatr spektakllari körsatiladigan mahobatli inşoot. Amfiteatr – örtasidagi maydoni ellips şaklidagi katta bino; uning tomoşabinlar uçun möljallangan qator-qator örindiqlari pastdan yuqoriga zina şaklida kötarilib boradi. Amfiteatrda arklar, ustunlar va ular orasida gumbazli galereyalar bölgan.