Yanvar-avgust oylarida necha million dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilindi?
2018 yilning yanvar-avgust oylarida jami 776,7 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 586,3 mln. AQSh dollariga eksport qilindi (o‘sish sur'ati 60,0%). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 2018 yilning yanvar-avgust oylarida 487,7 ming tonnadan ko‘proq sabzavotlar 218,8 mln. AQSh dollariga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 253,7 ming tonnaga ko‘p miqdorda eksport qilingan. Shuningdek, 204,5 ming tonna meva va rezavorlar 289,6 mln. AQSh dollariga eksport qilingan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,7 ming tonnaga ko‘pdir.
2018 yilning o‘tgan davri mobaynida 870,4 mln. AQSh dollari miqdorida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 15,6%ga o‘sib, umumiy eksport hajmining 10,1%ini tashkil qildi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibidan paxtadan yigirilgan ip (57,5%), tayyor to‘qima matolar va tikuvchilik kiyimlari (22,6%) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 305 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 54 ta davlatiga eksport qilindi.
Mavzuga oid
14:59 / 10.11.2024
2024 yilda o‘qish uchun xorijga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
09:45 / 10.11.2024
O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
13:58 / 31.10.2024