Dunyodagi eng ommabop aviayo‘nalish ma'lum qilindi
Seul va Koreya bo‘g‘ozidagi Chejudo orolida joylashgan Cheju shahri o‘rtasidagi aviareys dunyodagi eng gavjum aviayo‘nalish bo‘ldi. Bundan Routes aviatsion onlayn-servisi ma'lumotlari darak bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2017 yilda bu yo‘nalish bo‘yicha 13 mlndan ko‘proq odam parvoz qilgan. Ta'kidlanishicha, Seuldan Chejuga har kuni 180 ga yaqin reys jo‘natilgan.
Bir yil avval ham ushbu yo‘nalish eng yuklangan yo‘nalish deb topilgan. 2017 yildan beri yo‘nalish ommaviyligi 10 foizga oshgan.
Reytingda 2-o‘rinni Melburn-Sidney yo‘nalishi egallagan. 2017 yilda bu yo‘nalishdan 9 mlndan ko‘proq yo‘lovchi foydalangan. 3-o‘rinni Yaponiyaning yirikligi bo‘yicha 4-raqamli shahri Sapporodan Tokiogacha yo‘nalish egallagan. Bu yo‘nalishdan 8,7 mln kishi foydalangan.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, dunyoning eng yuklangan 100 yo‘nalishiga bor-yo‘g‘i 18 ta xalqaro yo‘nalish kiradi.
Mavzuga oid
10:51 / 22.07.2024
Seul KXDRni yana chiqindi sharlarini uchirishda aybladi
10:18 / 25.01.2024
Korean Air Seul va Toshkent o‘rtasidagi aviareyslarni to‘xtatadi
21:31 / 20.01.2024
Seul politsiyasi rahbari 2022 yilgi Hellouin bayramida 158 kishi o‘limida ayblandi
11:36 / 27.12.2023