Seul va Koreya böğozidagi Çejudo orolida joylaşgan Çeju şahri örtasidagi aviareys dunyodagi eng gavjum aviayönaliş böldi. Bundan Routes aviatsion onlayn-servisi ma'lumotlari darak bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2017 yilda bu yönaliş böyiça 13 mlndan köproq odam parvoz qilgan. Ta'kidlanişiça, Seuldan Çejuga har kuni 180 ga yaqin reys jönatilgan.

Bir yil avval ham uşbu yönaliş eng yuklangan yönaliş deb topilgan. 2017 yildan beri yönaliş ommaviyligi 10 foizga oşgan. 

Reytingda 2-örinni Melburn-Sidney yönalişi egallagan. 2017 yilda bu yönalişdan 9 mlndan köproq yölovçi foydalangan. 3-örinni Yaponiyaning yirikligi böyiça 4-raqamli şahri Sapporodan Tokiogaça yönaliş egallagan. Bu yönalişdan 8,7 mln kişi foydalangan. 

Tadqiqotçilarning ta'kidlaşlariça, dunyoning eng yuklangan 100 yönalişiga bor-yöği 18 ta xalqaro yönaliş kiradi.