Umuman olganda, Osiyo–Tinç okeani mintaqasi ösişning asosiy “lokomotivi” böldi: bu yerda yölovçi oqimi yil davomida 10 foizga oşdi — birinçi navbatda Xitoy va Hindiston hisobiga. 2026 yilda mintaqadagi taşiş hajmlari prognozlarga köra yana 7 foizga kötariladi.
Yuqorida keltirilgan infografikada OAG ma’lumotlari asosida 2025 yilda mintaqalar kesimida eng band içki aviareyslar körsatilgan.
2025 yilda Çeju — Seul yönalişining umumiy rejalaştirilgan siğimi 14,4 million yölovçi örniga teng böldi. Oxirgi ön yillikning deyarli butun qismi davomida bu yönaliş dunyodagi eng serqatnov aviayönaliş bölib kelmoqda.
Çeju xalqaro aeroporti va Seuldagi Kimpxo aeroporti örtasida har kuni taxminan 200 ta reys bajariladi — bu Yer yuzidagi barça yönalişlar orasida eng yuqori parvoz çastotasi hisoblanadi. Köpinça “Koreya Havayisi” deb ataladigan Çeju mamlakatning yetakçi turistik markazlaridan biri sifatida öz mavqeini mustahkamlab bormoqda.

Yaqin Şarqda Jidda — Ar-Riyod yönalişi 9,8 million rejalaştirilgan yölovçi örnini ta’minladi — bu ötgan yilga nisbatan 13 foizga köp. Jiddada Saudiya Arabistonining eng band aeroporti joylaşgan, mamlakat poytaxti esa iqtisodiy faollikning asosiy markazi hisoblanadi.
Ma’lumotlardan körinişiça, Lotin Amerikasida birinçi örinni Kolumbiyadagi Bogota — Medelin yönalişi egallaydi — 6,2 million yölovçi. Şu bilan birga, Keyptaun — Yoxannesburg yönalişi Afrikada eng band bölib, 5,5 million yölovçi örinni taşkil etgan.
Şimoliy Amerikada yetakçi yönaliş — Vankuver — Toronto (3,7 million), Yevropada esa — Barselona — Palma (3 million).
Yirik şaharlar örtasida masofaning nisbatan qisqa bölişi va reyslar çastotasining yuqoriligi mintaqada aviatsiya sohasining rivojlanişiga xizmat qiladi. Ayni paytda Hindiston va Vetnam kabi mamlakatlardagi jadal iqtisodiy ösiş, aholi daromadlari ortişi bilan birga, aviaqatnovlarga bölgan talabni ham oşirmoqda.

















