Jahon | 11:41 / 14.09.2018
5458
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Fransiya bir tomonlama harakatlar siyosatiga qarshi chiqdi

Foto: Xinhua/Liu Bin

Xitoy va Fransiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Vang I hamda Jan-Iv Le Drian bir tomonlama harakatlar siyosatiga qarshi chiqdilar. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Joriy yilning boshidan beri xalqaro maydondagi vaziyat yanada murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lib kelmoqda, multilateralizm muammolarga duch kelmoqda, xalqaro qoidalar prinsiplariga zarba berildi. Xitoy va Fransiya tinchlik va barqarorlik, ochiqlik hamda hamkorlik, taraqqiyot va rivojlanishga umumiy intilishlar tarafdori bo‘lgan yirik mas'ul davlatlardir», - dedi Van I.

O‘z navbatida, Fransiya vakilining ta'kidlashicha, hozirgi kunda dunyoda unilateralizm va kuch siyosati ko‘tarilgan darajada turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Rossiya va Xitoy o‘rtasida harbiy ittifoq tuzilishiga shubha bildirgandi. 

Mavzuga oid