AQŞ Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Rossiya va Xitoy örtasida harbiy ittifoq tuzilişi mumkinligiga şubha bilan qaradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Mettisning sözlariga köra, Moskva va Pekin öz manfaatlarini közlab iş tutmoqda. Uning bildirişiça, qöşma maşqlar ötkazilişiga qaramasdan, davlatlar örtasida harbiy ittifoq tuzilişi deyarli imkonsiz.
«Men uzoq vaqt mobaynida Rossiya va Xitoyni nima birlaştirib turişini köra olmayapman», - deya ma'lum qildi Mettis.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda rossiyalik harbiylarning ölda-jölda iş qilişidan kulişgandi.
AQŞdagi Business Insider naşri Rossiya harbiy texnikasi, birinçi navbatda, T-34 va T-72 tanklari bilan boğliq turli hodisalar tasvirlangan qator roliklarni bir kadrga jamlab çiqdi.












