Jahon | 10:28 / 14.09.2018
3396
2 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiya venesuelalik qochqinlar oqimi sababli ADTdan mablag‘ ajratilishini so‘radi

Foto: AP/Eliecer Mantilla

Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) va Amerikaaro taraqqiyot bankidan qo‘shni Venesueladan qochqinlar oqimi ko‘paygani sababli mamlakatga moliyaviy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

“ADT yordami va Amerikaaro taraqqiyot banki prezidenti qo‘llab-quvvatlovi bilan yarimsharimizdagi bu vaziyatni hal qilish uchun moliyalashtirish vositalari bo‘lishini ta'kidlayman”, deb aytgan Duke ADT rahbari Luis Almagro bilan uchrashuvdan keyin.

Xalqaro migratsiya tashkiloti may oyi boshida 2015-2017 yillar davomida venesuelalik qochqinlar soni 10 martadan ko‘proq oshganini ma'lum qilgan. 2015 yilda ularning soni 89 ming nafarga baholangan bo‘lsa, 2017 yil yakunlariga ko‘ra 900 mingni tashkil qilgan. Bu davr ichida butun dunyo bo‘ylab boshpana qidirayotgan venesuelaliklar umumiy miqdori 700 mingdan 1,5 mln nafargacha ko‘paygan.

BMT hozirda venesuelalik qochqinlar sonini 2,3 mln nafar deb baholamoqda. Kolumbiyaning o‘zida ularning soni 1 mlngacha yetadi. 

Hozirda Venesueladagi vaziyat mahsulotlar tanqisligi, juda kuchli inflyatsiya va davlat daromadlari pasayib ketgani sababli falokatli ko‘rinish olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid