O‘zbekiston | 10:22 / 14.09.2018
33083
2 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Shermatov «O‘zbekiston 24» orqali o‘quvchilar va o‘qituvchilar tanqid qilinishiga munosabat bildirdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning ma'lum qilishicha, xalq ta'limi tizimidagi faoliyatining birinchi kunlarida maktablarda juda ko‘p muammolar yig‘ilib qolganligi, ular qolib ikkinchi darajali bo‘lgan forma haqida juda ko‘p muhokamalar bo‘layotgani haqida aytib o‘tgan.

“Lekin, afsuski, haligacha shu masala muhokamada. Menimcha, ushbu masalaga nuqta qo‘yish vaqti keldi.

Jurnalistlardan iltimos, birgalikda o‘qituvchilarimiz obro‘sini oshirishga harakat qilaylik, obro‘sini to‘kishga emas. O‘zi shundoq ham yaxshi o‘qituvchi topish qiyin. Agarda qandaydir kiyimiga e'tiroz bo‘lsa uni ommaga muammo qilib ko‘rsatgandan ko‘ra o‘qituvchini o‘ziga aytib qo‘yish yaxshiroq bo‘lardi.

O‘zi umuman, televideniye orqali kimnidir ruxsatisiz tanqid qilinayotganda iqtisodiy rivojlangan davlatlardagidek imkoni boricha uni tanib bo‘lmaydigan qilib yuzini ko‘rsatmasdan amalga oshirish to‘g‘ri bo‘ladi, ayniqsa yosh bolalarga bu juda salbiy ta'sir qiladi”, - deb yozgan vazir Facebook’dagi sahifasida.

Sh.Shermatovning bunday murojaati Uzbekiston24 telekanalidagi reportaj bilan bog‘liq. Unda maktab formasi haqidagi lavha efirga uzatilgandi.

Mavzuga oid