Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volvo “kelajak” yuk mashinasini taqdim qildi (video)
Volvo’ning yuk mashinalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi Volvo Trucks elektr dvigatelda ishlovchi “kelajak” yuk mashinasi prototipini namoyish qildi. Kompaniya yuk mashinasiga bag‘ishlangan kichik videorolikni YouTube’da joylashtirdi.
Antiqa yuk mashinasi yassi 4 g‘ildirakli, kabinasiz platformadan iborat bo‘lib, u mustaqil ravishda tirkamalarga ulanib, harakatlana oladi. Mashina yaratuvchilarining g‘oyasiga ko‘ra, bulutli texnologiyalar bilan bir tarmoqqa birlashgan Vera deb nomlanuvchi bu yuk mashinalar istiqbolda kichik masofalarga yuklarni jo‘natish uchun qo‘llanishi mumkin. Misol uchun, ular port va sanoat hududlaridagi odatdagi yuk mashinalari o‘rnini egallashi mumkin. Shuningdek, haydovchisiz yuk mashinalar yaqin joylashgan logistik markazlar o‘rtasida yuk tashishi mumkin.
Yuk mashinaning ustunliklaridan biri uning shovqinsizligida bo‘lib, bu undan tungi vaqt cheklovlarsiz foydalanish mumkinligini anglatadi. Yaqin orada Volvo Trucks bir necha hamkorlar bilan birga prototipni takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.
O‘tgan haftada Volvo haydovchisiz elektromobil kontsepti 360s’ni taqdim qilgandi. Bu kontseptda rul va tepkilar yo‘q bo‘lib, uning saloni yo‘lovchilar soni va ularning ehtiyojlariga qarab o‘zgarishi mumkin.
Mavzuga oid
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
20:19 / 06.10.2025