Sport | 18:30 / 15.09.2018
14711
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Liverpul»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, navbatdagi qurbon - «Tottenhem»

Foto: Premier League

Angliya Premer-Ligasi 5-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Tottenhem» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qildi. Deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 39-daqiqada Veynaldum boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 54-daqiqada Firmino darvozabonning xatosidan so‘ng, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. So‘nggi daqiqalarda «Tottenhem» 1ta gol bilan javob qaytardi.

Natijada, «Liverpul» qatorasiga 5-marta g‘alaba qozondi. «Tottenhem» esa ketma-ket 2-marta yutqazdi.

Bu natijadan so‘ng, «Liverpul» 15 ochko bilan 1-o‘rinda, «Tottenhem» esa 9 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. 

APL, 5-tur
Tottenhem – Liverpul 1:2 

15 sentabr, «Uembli» stadioni
Gollar: 0:1 – 39 Veynaldum, 0:2 – 54 Firmino, 1:2 - 90+3 Lamela. 
Tottenhem – Vorm, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Eriksen, Dayyer (Vanyama, 83), Lukas Moura, Uinks (Son Xyon Min, 73), Dembele (Lamela, 60), Keyn.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner, Veynaldum, Keyta (Starrij, 83), Mane, Salax, Firmino (Xenderson, 74).

Mavzuga oid