Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda 5,5 balli zilzila yuz berdi
Foto: TASS/Sutanta Aditya
Qirg‘iziston hududida 5,5 balli yer silkinishi qayd etildi, deb xabar berdi Qozog‘iston seysmologik tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi. Yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 15 sentabr kuni soat 04.15da sodir bo‘lgan.
Qozog‘istonlik seysmologlarning ma'lumotiga ko‘ra, zilzila episentri Olmaota shahridan 146 kilometr janubda, Qirg‘iziston hududida, 5 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, zilzila oqibatida jabr ko‘rganlar va vayrongarchiliklar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 14 sentabr kuni soat 02:31da O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etilgandi. Uning markazi Afg‘oniston hududida joylashgan.
Mavzuga oid
21:14 / 04.02.2026
AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026
YeI Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar rejasini muhokama qilmoqda
09:13 / 28.01.2026