Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgust oyida Ukraina O‘zbekistonga qancha shakar yetkazib bergani ma'lum bo‘ldi
Foto: ukrinform
2018 yil avgust oyi davomida Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilari 22,4 ming tonna shakarni tashqi bozorga yetkazib berdilar, ularning 79 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Ukraina Shakarchilar milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Marketing yilining so‘nggi oyi mobaynida mahalliy ishlab chiqaruvchilar 22,4 ming tonna shakarni tashqi bozorga yetkazib berishdi. Avgust oyida mahsulot yetkazib berilgan asosiy mamlakatga O‘zbekiston aylandi - 79%. Bundan tashqari, Ozarboyjon va Moldovaga kichik miqdorda yuk jo‘natildi - 10 va 6 foizdan», - deyiladi idora xabarida.
Assotsiatsiyadan qayd etishlaricha, avgust - shakarni eksport qilish bo‘yicha eng faol oy emas, shuning uchun iyul oyi bilan taqqoslaganda chet elga jo‘natilgan yuklar miqdori 39 foizga qisqardi.
Mavzuga oid
16:01
Frontdagi vaziyat: may Ukraina qurolli kuchlari uchun muvaffaqiyatli kechmoqda
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
22:22 / 26.05.2026
Kiyevga «Oreshnik» bilan hujum: navbat Zelenskiy ofisigami?
22:01 / 26.05.2026