BMT KXDR sanksiyalarni chetlab o‘tishni o‘rganganiga oid yangi dalillar topdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotidan ma'lum qilishlaricha, Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar lozim darajada ishlamayapti. Bu haqda The Wall Street Journal tashkilot hisobotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, KXDR Rossiya va Xitoydan bo‘lgan ishbilarmonlarning yordami bilan cheklovlarni chetlab o‘tishni o‘rgandi, bu «BMTning so‘nggi sanksiyalarini samarasiz qiladi».
Ta'kidlanishicha, Rossiya va Xitoy kemalari Pxenyanga katta hajmdagi yoqilg‘i yetkazib berishda ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, Xitoy kompaniyalari o‘nlab milliardlab dollar qiymatidagi temir va po‘lat kabi Shimoliy Koreya mahsulotlarini sotib olyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Rossiyaga kelmoqchi ekani xabar berilgandi.
Rossiya Federatsiyalar kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning KXDR rahbari bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha ma'lum qilishicha, Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyurishga tayyorligini tasdiqladi, keyinchalik uchrashuv joyi va vaqtini diplomatik kanallar orqali muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
20:11 / 10.11.2024
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
18:54 / 09.11.2024
Seul: Shimoliy Koreya GPS-signallarni uzib, kemalar va aviatsiyaga xalaqit bermoqda
13:49 / 09.11.2024
Rossiyaga o‘qish maqsadida rekord darajada KXDR fuqarolari kirib keldi
17:39 / 07.11.2024