O‘zbekiston | 12:07 / 17.09.2018
5395
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Jiddada “O‘zbekistonda investitsiya va sayohat” tadbiri

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh konsulligi bilan hamkorlikda Shosh contact travel sayyohlik firmasi “O‘zbekistonda investitsiya va sayohat” mavzusida tadbir tashkil qildi.

Uni Jidda savdo palatasi raisi o‘rinbosari Ziyod Al-Bassam kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston haqida iliq so‘zlarni bildirdi. Shundan so‘ng O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli Sirojiddin Shamsuddinov mamlakatning investitsiya va sayohat sohasidagi istiqbollari mavzusida gapirib o‘tdi.

Tadbirga biznes, turistik firmalar vakillaridan 100ga yaqin kishi tashrif buyurgan.

 Shuningdek, ushbu tadbirda yaqin kunlarda ochilishi kutilayotgan Toshkent-Jidda-Toshkent aviareysining taqdimoti haqida ham so‘z yuritildi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid