Jahon | 22:32 / 17.09.2018
5318
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Erdo‘g‘an Suriyada demilitarizatsiya zonasi tashkil etishga kelishib oldi

Foto: Mixail Mettsel/TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan 15 oktabrga kelib Suriya qo‘shinlari va muxolifat kuchlari to‘qnashgan chiziq bo‘ylab 15-20 kilometrli demilitarizatsiya zonasi tashkil etishga kelishib olganini ma'lum qildi. 

Rossiya prezidenti shuningdek, Erdo‘g‘an bilan muzokaralarda Idlibdagi jangarilar masalasini hal qilish borasida oldinga sezilarli siljish bo‘lganini qayd etdi.

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Suriya bo‘yicha konstitutsion qo‘mita ishini tez orada boshlash lozim.

Eslatib o‘tamiz, 17 sentabr kuni Sochida Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida Idlibdagi vaziyatni muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. OAVning xabariga ko‘ra, uchrashuv 4 soatdan ortiqroq davom etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid