Rossiyalik sayyohlar orasida kuzda ommalashgan MDH shaharlari o‘ntaligi ma'lum qilindi
“TurStat” tahliliy agentligi rossiyalik sayyohlar orasida kuzda ommalashgan MDH shaharlari reytingini tuzdi.
Reyting 2018 yil kuzida rossiyaliklar amalga oshirgan sayohatlar tahlili natijalariga ko‘ra tuzilgan. Reytingning eng yuqori pog‘onasini Belarus poytaxti Minsk egallagan. Reytingga Toshkent ham kiritilgan bo‘lib, rossiyalik sayyohlar orasida ommalashganlik bo‘yicha 5-o‘rinni egallagan.
E'tiborlisi, reytingdan Qozog‘istonning ikkita shahri – Olmaota va Ostona o‘rin olgan. Ta'kidlanishicha, rossiyaliklar Ostonada o‘rtacha 2,5 kun bo‘lib, kuniga 80 dollar atrofida pul sarflashadi.
Quyida reytingning to‘liq ko‘rinishi keltirilgan:
1. Minsk (Belarus)
2. Ostona (Qozog‘iston)
3. Boku (Ozarboyjon)
4. Yerevan (Armaniston)
5. Toshkent (O‘zbekiston)
6. Olmaota (Qozog‘iston)
7. Bishkek (Qirg‘iziston)
8. Kishinev (Moldova)
9. Dushanbe (Tojikiston)
10. Ashxobod (Turkmaniston)
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024