Jamiyat | 15:40 / 18.09.2018
9361
3 daqiqa o‘qiladi

Deputat tomonidan 150 ta kam ta'minlangan xonadonlarga moddiy yordam ko‘rsatildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishidagi ma'ruzasida “Deputat bo‘lish, xalq ishonchini qozonish va uni munosib ravishda oqlash — bu oson emas. Bunday sharaf har kimga ham nasib etmaydi. Deputat — fikri zikri bilan xalqqa eng yaqin odam, doimo el-yurtning tashvish va muammolari bilan yashaydigan, katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan shaxs”, deya ta'kidlagan edilar.

Darhaqiqat, deputat eng avvalo, xalq vakili. U aholi manfaatlarini ifoda qiladi, taklif, muammo va murojaatlarini tinglab, shu asosda ish olib boradi, xalq va davlat o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Deputat aholi tomonidan davlat hokimiyatining oliy, mahalliy vakillik organlariga saylangan ishonchli vakilidir. Shuning uchun uning zimmasida saylovchilar manfaatlarini ifoda etish vazifasi turadi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Shayxontaxur tuman Kengashi deputati Lutfulla Xayrullayevich Ubayev "Ipakchi" mahallasining aholisi holidan doimiy ravishda xabar olib turibdi. 
Deputatning shaxsiy tashabbusi bilan mahalladagi kam ta'minlangan oilalar ahvoli o‘rganilib, ularni moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Joriy oyining 17, 18 sentabr kunlari mahalladagi 150 dan ortiq kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarga plastik to‘lov kartalari ochib berilib,  pul ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatildi. 

Albatta, amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlardan mahalla ahli minnatdor. Mahalla oqsoqollari Lutfulla Xayrullayevich Ubayev kabi katta hayot tajribasiga ega, o‘z ishining haqiqiy fidoyisi va mahalla rivoji uchun kechayu kunduz tinmay mehnat qiladigan deputat haqqiga doimiy duolar qilishmoqda.

Mavzuga oid