QWERTY klaviaturasi aslida qanday paydo bo‘lgan?
QWERTY klaviaturasi shu qadar odatiy narsaki, bu haqida o‘ylab ham ko‘rmaganmiz. Agar undagi harflar joylashuviga diqqat bilan nazar solsak, u har qanday mantiqdan uzoq ekanini anglaymiz. Biroq uning o‘rniga boshqasini ham tasavvur eta olmaymiz.

Harflar tasodifiy tarzda joylashganga o‘xshaydi. Odatga ko‘ra, bu ilk texnologiyalarning yetishmasligi bilan izohlanadi. Aytishlaricha, yozuv mashinalari endigina qo‘llanila boshlagach, klaviaturadagi harflarni bir-biridan uzoqroq joylashtirish kerak bo‘lgan. Axir mashinkada teruvchi qiz boshqa harflarni ham bosib yuborishi mumkin edi-da! Bir qarashda hozirgi ko‘rinish mantiqiy bo‘lib tuyuladi. Biroq«E» va «R»harflar birikmasi ingliz tilida ko‘p tarqalganlik bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda. Shuning uchun yoki tarix noto‘g‘ri, yoki klaviaturani yaratgan kishi bu haqida o‘ylamagan va katta xatoga yo‘l qo‘ygan.
Xullas, QWERTY klaviaturasini kim ishlab chiqqan? Bu Kristofer Latam Shoulz kishi edi. 1860 yillarda u kashfiyotchi, harf teruvchi va jurnalist bo‘lgan. Shuning uchun alfavit qanday tuzilganini yaxshi bilishi mumkin bo‘lgan odamlardan biri edi. Biroq yozuv mashinkalarining ko‘pchiligida harflar unga qadar alfavit ketma-ketligida bo‘lgan. Shoulz Remington kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganida o‘zining QWERTY-klaviaturasini ham patentlagan. Bu voqea 1878 yilda sodir bo‘ldi. 1890 yillarga kelib, bu klaviatura o‘zini ijobiy jihatdan namoyish etdi va boshqa klaviaturalar orasida eng mashhuriga aylandi. Uni barcha asosiy ishlab chiqaruvchilar o‘zlashtirishdi.

Biroq nima uchun?
Aql bovar qilmas nazariya shundan iboratki, QWERTYmashhurligiga ishlab chiqaruvchilarning matn terish kurslaridan daromad topish istagi sabab bo‘ldi.
Yana bir nazariya borki, unga ko‘ra QWERTY klaviaturasi Morze alifbosi sabab tanildi.
Tasavvur qilib ko‘ring-a, 1890 yil. Siz simlar orqali taralayotgan Morze alifbosi kodini eshityapsiz. Ishingiz eshitganlaringizni telegramma shaklida yozishdan iborat. Biroq simning narigi tomonidagi odamdan ortda qolmasligingiz kerak. Axir sizda to‘xtash yoki orqaga aylantirish tugmasi yo‘q. Boshidagi ayrim nuqtalar ketma-ketligi va tire bir xil. Masalan, kodning oxiriga qadar «Z» ni «SE» dan ajrata olmaysiz. Biroq o‘sha vaqtgacha simning narigi tomonidagi odam keyingi harfga o‘tib ketadi. Siz esa tez ishlashingiz kerak. Shunday qilib,«Z» va «SE»klaviaturada yonma-yon joylashdi.
Eng qiziqarli jihat, Shoulzning o‘zi QWERTY-klaviaturasi muvaffaqiyatiga ishonmaganligida bo‘lsa kerak. Vafotidan oldin uning fikricha, QWERTY’ga qaraganda muvaffaqiyatliroq bo‘lgan bir necha boshqa klaviaturalarni patentlagan. Uning vafotidan keyin ro‘yxatga olingan patentlardan birida klaviaturaning yuqori chap qatori XPMCHR harflaridan iborat bo‘lgan.

QWERTY’ning raqobatchilari ko‘p bo‘lgani ham hayratlanarli emas. Biroq ulardan hech biri bizga ma'lum klaviaturadan o‘zib ketolmadi.
Biroq mazkur muddat davomida u biroz o‘zgardi. Shoulzning yozuv mashinasida nafaqat Shift tugmasi, balki yuqori va quyi registr klavishlar ham bo‘lmagan. Ular faqat bosh va kichik harflarni almashtirish hamda tinish belgilariga o‘tishga yordam bergan. Ayrim klaviatura ishlab chiqaruvchilari patentni buzmaslik uchun chizmaga biroz o‘zgartirish kiritishgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35 / 20.05.2025
Mavzuga oid

11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi

16:38 / 07.01.2025
Xitoyning “miya-kompyuter” interfeysi fikrlarni o‘qishni o‘rgandi

17:28 / 01.02.2024
Klaviaturada emas, ruchkada yozish miyani yaxshiroq rivojlantiradi – tadqiqot

15:08 / 01.01.2022