Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qozog‘istonga zaxirada saqlash uchun uran jo‘natadi
Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) va Rossiya MAGATEning kam boyitilgan uran bankida saqlash uchun Qozog‘istonga kam boyitilgan uran va uskunalar jo‘natish bo‘yicha kelishuv imzoladi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Kam boyitilgan urandan atom elektrostansiyalari uchun yonilg‘i ishlab chiqarishda foydalaniladi. MAGATEning kam boyitilgan uran banki turli mamlakatlarga yadroviy yonilg‘ilarni kafolatli yetkazib berishni ta'minlash mexanizmidir. Bu zaxiradan faqatgina jahon uran bozorida inqirozli holat yuz berganida foydalaniladi.
Bank Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahridagi Ulbin metallurgiya zavodi hududida joylashgan.
Mavzuga oid
08:16 / 03.06.2026
Yadroviy energetikaga talab oshmoqda: uran bozori qayta jonlandi
17:43 / 31.05.2026
Qozog‘iston Eronning uran zaxiralarini qabul qilishni taklif qildi
17:40 / 21.05.2026
OAV: Eron oliy rahbari boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib ketishni taqiqladi
10:19 / 09.05.2026