Jamiyat | 23:27 / 18.09.2018
3696
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent, Jizzax va Qarshi shaharlarida “Koreya Festival - 2018” bo‘lib o‘tadi

22 sentabrdan 2 oktabrga qadar Toshkent Jizzax va Qarshi shaharlarida “Koreya Festival - 2018” tadbiri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 18 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U vazirlik binosida uchrashishdi. 

Foto: Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati

Uchrashuv doirasida madaniyat vaziri ikki mamlakat an'analari va madaniyatining yaqinligi hamda o‘zbek xalqining Koreya xalqi san'atiga bo‘lgan qiziqishi va hurmati beqiyosligi haqida ta'kidladi. Elchi o‘z so‘zlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ilk bora tashkil etilgan Xalqaro maqom san'ati anjumani butun dunyoni maqom san'atiga chorlaganini e'tirof etdi.​

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid