Jahon | 10:07 / 18.09.2018
8795
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda 4,9 balli yer silkinishi sodir bo‘ldi

Foto: Flickr / Matt Katzenberger

17 sentabr kuni kech soat 19:00da Tojikistonning Mo‘minobod tumanida 4,9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi, deb xabar berdi AQSh geologiya xizmati.

«Zilzila markazi Tojikiston hududida Xatlon viloyati Mo‘minobod tumani shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib, chuqurligi 10 km», - deyiladi xabarda.

Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar berilmagan.

Avvalroq 15 sentabr kuni Qirg‘iziston hududida 5,5 balli yer silkinishi qayd etilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid