Jahon | 20:37 / 18.09.2018
8814
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya badavlat sayyohlarni jalb qilmoqchi

Foto: RIA Novosti / Boris Babanov

Turkiya o‘z kurortlarini ilgari surish uchun katta pul sarflashga va'da berib, “yuqori sifatli turizm”ni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Davlatning ko‘magi birinchi navbatda muntazam tashishlarga ega turlar savdosini rivojlantiruvchi kompaniyalarga taqdim etiladi. 

Bu haqda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mexmet Ersoy ma'lum qildi. U badavlat sayyohlarni jalb qilishga yo‘nalish olinishini tasdiqlagan va shu bilan birga odatdagi ommaviy turizmdan keskin voz kechilmasligiga va'da bergan. 

“Turkiyada ommaviy turizm haqiqatan katta muvaffaqiyatga erishgan va biz joriy yilda 40-42 mln sayyohni jalb qilmoqchimiz. Biroq mening fikrimcha, Turkiya bu yo‘nalishda o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi va ikkinchi bosqichga o‘tish kerak. Biz ommaviy turizmni davom ettirgan holda malakali turizmga o‘tamiz”, deb aytgan Ersoy.

Uning aytishicha, “charter turizmi” talabning keskin o‘sishi yoki pasayishi kabi muammoga duch keladi. Bu muammoni bartaraf etish uchun Turkiya “yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar” va “biznes-sinf bilan tashishlar”ni yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Turkiya yangi reklama strategiyasi doirasida 2019 yilda reklama byudjyetini sezilarli oshiradi va “ijtimoiy tarmoqlarda hayratomuz taassurot qoldiradigan” reklama kampaniyalarini o‘tkazadi.

Reklama kampaniyasi birinchi bosqichda eng ko‘p sayyohlar keladigan 10 ta davlat, jumladan, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Niderlandiyaga qaratiladi. So‘ngra promoaksiyalar boshqa yo‘nalishlarga ham tatbiq qilinadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid