Turkiya prezidenti Qatar amiri sovg‘a qilgan samolyot borasida izoh berdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qatar amiridan qabul qilingan samolyot xarid emas, balki sovg‘a ekanligini va u shaxsan prezidentga emas, mamlakatga tuhfa qilinganini bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
«U (amir): «Turkiyadan pul olmayman. Uni sovg‘a qilaman», dedi», - deb ma'lum qilgan Erdo‘g‘an jurnalistlarga.
Turkiya prezidentining ma'lum qilishicha, hozirda samolyot bo‘yalmoqda.
«Biz unda parvoz qilamiz. Bu mening shaxsiy samolyotim emas, u Turkiya respublikasiniki», - deya ta'kidlagan u.
Erdo‘g‘anning aytishicha, samolyotning narxi 500 mln dollar atrofida.
Avvalroq Turkiyadagi qator OAV Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a qilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
20:17 / 12.11.2024
G‘azodagi urush: Qatar o‘rtadan chiqdi, lekin HAMAS ofisini yopmaydi
17:46 / 10.11.2024
Qatar Isroil va Hamas o‘rtasidagi vositachilikni to‘xtatdi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
17:35 / 16.10.2024