Jahon | 19:47 / 19.09.2018
7721
2 daqiqa o‘qiladi

Iroqda IShID rahbarining o‘rinbosarlaridan biri o‘limga hukm qilindi

Foto: AP/ Hadi Mizban

Bag‘doddagi al-Karx tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi IShID terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘rinbosarlaridan birini o‘limga hukm qildi, deb xabar berdi Iroq oliy sudi kengashi vakili Abdul Sattor Birkadar o‘z bayonotida.

"Al-Karx jinoyat ishlari bo‘yicha sudi terrorchilikda ayblanayotgan Ismoil al-Aysavi ishini ko‘rib chiqishni yakunladi", — deyiladi xabarda. Ma'lum qilinishicha, u osib o‘ldirishga hukm qilingan.

Bayonotda aytilishicha, ayblanuvchi avval Suriyaga, so‘ngra Turkiyaga qochib o‘tgan va o‘sha yerda qo‘lga olingan.

Birkadarning so‘zlariga ko‘ra, al-Aysavi guruhda turli lavozimlarda ishlagan. U xususan, fatvo bo‘yicha qo‘mitada ishlagan va guruhda o‘quv rejalarini tuzish uchun javobgar bo‘lgan.  

Al-Bag‘dodiyning o‘ldirilgani haqida bir necha marta xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, ularning hech biri tasdiqlanmagan.

Mavzuga oid