Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR va Janubiy Koreya harbiylarini qurolsizlantirilgan hududdan olib chiqa boshlaydi
Foto: REUTERS
KXDR va Koreya Respublikasi hukumatlari qurolsizlantirilgan hududdan harbiylarni olib chiqish, shuningdek, Pxanmunjom chegara oldi punktida ishlovchilar qurolsizlantirish haqida kelishib oldilar. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Har ikki tomon Janub va Shimol kuzatuv punktlarini 1 kilometrdan yaqin masofaga butunlay olib chiqish haqida kelishib oldi. Bu qurolsizlantirilgan hududdan kuzatuv postlarini butunlay olib chiqish uchun tajribaviy choralar sifatida amalga oshiriladi», - deyiladi tomonlar imzolagan hujjatda.
Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, Sariq va Yapon dengizlari chegara oldi tumanlarida 80 kilometrlik maxsus zona barpo etilib, u yerda harbiy mashqlar o‘tkazilmaydi. Bundan tashqari, o‘zaro ishonchni o‘rnatish bo‘yicha masalalarga yechim topish maqsadida qo‘shma harbiy komissiyani tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Koreya yetakchilarining muzokaralariga baho bergandi.
Mavzuga oid
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026