Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Koreya yetakchilarining muzokaralariga baho berdi
Foto: AP
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari Kim Chen In hamda Mun Chje Inning o‘zaro uchrashuvi yakunlarini katta umid bilan qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, KXDR yetakchisi yadroviy inspeksiyalar o‘tkazilishi, shuningdek, yadro obektlari buzib tashlanishiga rozi bo‘lgan.
«Shuningdek, Shimoliy va Janubiy Koreya 2032 yilgi Olimpiya o‘yinlarini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma ariza topshirishga kelishib oldi. Juda hayajonli!» - deya ma'lum qilgan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy bitimni imzolagandi.
Shu bilan birga, marosimda mamlakatlar yetakchilari ham ishtirok etgan. Bunga qadar Kim Chen In va Mun Chje In yopiq eshiklar ortida muloqot o‘tkazgan.
Mavzuga oid
12:25 / 19.03.2026
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
09:37 / 19.03.2026
Rossiya KXDRdan 14,4 mlrd dollarlik harbiy yordam oldi
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
12:26 / 19.02.2026