Jahon | 09:32 / 19.09.2018
3041
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In yaqin orada Seulga tashrif buyurishi mumkin

Foto: REUTERS

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje In taklifiga rozilik berib, yaqin orada Janubiy Koreya poytaxti Seulga tashrif buyurishga va'da berdi. 

Agar ushbu hodisa yuz bersa, bu Shimoliy Koreya yetakchilarining Janubiy Koreyaga tarixdagi ilk tashrifi bo‘ladi.

Kim Chen Inning tashrifi bo‘yicha kelishuv Mun Chje In bilan muzokaralar natijalariga bag‘ishlangan qo‘shma bayonotda mustahkamlab qo‘yilgan.

Janubiy Koreya prezidenti hozirda Shimoliy Koreyada tashrif bilan qolmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid