Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:36 / 19.09.2018
19789
1 daqiqa o‘qiladi
Meksikada ichida 157 jasad bilan tashlab ketilgan yuk mashinasi topildi
Foto: Nadejdy Komarenko
Meksikada ichida 157 jasad bilan tashlab ketilgan yuk mashinasi topildi. Mexico Daily News nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, jasadlar muzlatgichli yuk mashinasida aniqlangan.
Jasadlar davlat o‘likxonalarida joy yo‘qligi sababli shunday yo‘l bilan saqlangan. Mutasaddi idoralar mashinani turar joylar oldida hech qanday ogohlantirishsiz tashlab ketgan. Keyinroq mahalliy aholi yuk mashinasidan badbo‘y hid tarqalayotganidan shikoyat qilgan.
Ushbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish