Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB xodimiga pora taklif qilindi
Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan MIB Piskent tuman bo‘limi katta inspektori I.B.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda fuqaro O.Ya. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Madaniyat” MFY, Fayzli ko‘chasida joylashgan nonvoyxonada gaz va elektr tarmoqlariga ulanish nuqtalaridan foydalanish qonuniyligini tekshirmaslik, dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va hujjatlarni tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmaslik evaziga tumanga xizmat safariga yuborilgan MIB Piskent tuman bo‘limi katta inspektori I.B.ga pora tariqasida 500 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini bergan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.Ya.ga nisbatan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
00:06 / 07.06.2026
Surxondaryoda 4000 dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:18 / 04.06.2026