Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada «Fort Tramp» bazasi paydo bo‘lishi mumkin
Polsha prezidenti Anjyey Duda AQSh mamlakat hududida ochishi mumkin bo‘lgan Amerika yangi bazasini «Fort Tramp» deb nomlash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Polsha hukumati AQShga Rossiyaning ehtimoliy tajovuzkorligi fonida NATO ittifoqchisi sifatida muntazam harbiy ishtirokni ta'minlash haqidagi iltimos bilan chiqqan. Xususan, Dudaning so‘zlariga ko‘ra, «Fort Tramp» ehtimoliy ziddiyatda «tayanch nuqtasi»ga aylanishi lozim bo‘ladi.
«Biz bunga juda jiddiy qaramoqdamiz. Men bilamanki, Polshaga bu g‘oya yoqmoqda, ha, biz uni ko‘rib chiqmoqdamiz», - dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Polsha Rossiyaning tajovuzkor harakatlariga qarshi birgalikda kurashishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:07
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026