Light | 09:56 / 19.09.2018
11447
2 daqiqa o‘qiladi

Turg‘unlik holatining belgilari sanaldi

Foto: Getty Images/Thomas Koehler

N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti psixiatriya va tibbiy psixologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Andrey Shmilovich turg‘unlik (depressiya) holatining belgilarini ma'lum qildi. Bu haqda «Izvestiya» yozmoqda.

Shmilovichning so‘zlariga ko‘ra, uchta asosiy belgi bor, ulardan birinchisi vegetativ buzilishlar bilan bog‘liq.

«Agarda odam tonggi soat beshda uyg‘onib, yuragi tez urayotgan, og‘zi quruqshab qolgan, qaddini tik tutish va tinmay xavotir tuyg‘usi bo‘yicha muammolar paydo bo‘lsa - bu birinchi belgi», - deydi Shmilovich.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ikkinchi belgi kayfiyatning ritmik o‘zgarishiga aloqador. Bunda insonning ertalabki holati nisbatan tushkun bo‘ladi.

«Klinik depressiyadan darak beruvchi uchinchi belgi - angedoniya», - deya ma'lum qildi Shmilovich.

Uning aniqlik kiritishicha, gap rohatlanish hissiyotining yo‘qolishi haqida ketmoqda.

Mavzuga oid