Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda dunyoda teraktlar soni 23 foizga kamaydi
Foto: REUTERS
2017 yilda dunyodagi teraktlar soni 2016 yildagiga nisbatan 23 foizga kamaydi. Bu haqdagi ma'lumotlar AQSh davlat departamentining terrorchilikka qarshi kurash muammolari haqidagi yillik dokladida taqdim qilingan.
“Dunyoda terrorchilik hujumlari soni 2017 yilda 23 foizga, teraktlar qurbonlari soni esa 27 foizga kamaygan”, deb yozilgan dokladda.
Dokladda ushbu ijobiy tendensiya faqatgina bir omil – Iroqda teraktlar qurbonlari soni kamaygani evazigina qayd qilingani ta'kidlab o‘tilgan.
Tadqiqot ishida AQSh va uning hamkorlarining terrorchilikka qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlariga qaramasdan, 2017 yilda terrorchilik landshafti sezilarli oshgani qayd qilingan. “Al-Qoida” kabi terrorchilik guruhlari va ularning bo‘limlari “internet orqali uzoqdagi izdoshlarini hujumlar sodir etishga ilhomlantirib, kamroq darajada yashirin va markazlashganga aylangan”.
Tadqiqot mualliflarining yozishicha, IShID Suriya va Iroqdagi hududlarini qo‘ldan chiqarishi bilan birga mavjud bo‘lishning betartib modeliga o‘tishni davom ettirgan. Terrorchilik guruhi jangovar hududlardan uzoqda yollangan “xonaki” terrorchilar yordamida hujumlar sodir etgan.
“2017 yilda Manchester, Buyuk Britaniya; Barselona, Ispaniya; Sinay, Misr; Maravi, Filippin; Nyu-York va boshqa joylardagi teraktlar guvohi bo‘ldik», deb qayd qilingan hujjatda.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
09:47 / 12.03.2026