Malayziyaning sobiq bosh vaziri 681 mln dollarni o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanmoqda
Malayziya politsiyasi mamlakat sobiq bosh vaziri Najib Razzoqqa nisbatan 681 mln dollarning noqonuniy o‘zlashtirishi bilan bog‘liq 21 holat bo‘yicha ayblov e'lon qilmoqchi. Bu haqda milliy politsiya boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Ibrohim ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "gap xususan noqonuniy ravishda pul olish va sarflash hamda bu pullarni boshqa hisob raqamlariga o‘tkazish" haqida bormoqda. U "Najib Razzoq pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblanishini" bildirdi.
Sobiq bosh vazir yaqinda korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingandi. U 20 sentabr kuni sud oldida javob berishi kutilmoqda.
Najib Razzoq iyul oyida SRC International davlat investitsiya fondining 10,2 mln dollar mablag‘ini o‘zlashtirib olganlikda ayblangandi. Bu ish bo‘yicha sud ishi kelgusi yil fevralida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
16:14 / 31.08.2024
O‘zbekiston va Malayziya "Halol" sertifikatini joriy etishni muhokama qildi
23:39 / 26.08.2024